“Manchester Yunayted” katta muammoga duch keldi

  • 01.10.2020 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mavsumning dastlabki uchrashuvlardayoq yorqin o‘yin ko‘rsata olmayotgan “Manchester Yunayted” katta muammolarga duch kelmoqda. Noto‘g‘ri tashkil qilingan transfer siyosati tufayli jamoa yozgi transferlar bozori vaqtida o‘zi orzu qilgan hujumkor futbolchini olishga ulgurmasligi mumkin.

Manchesterliklar asosiy nishoni bo‘lgan Jeydon Sanchoni olish uchun juda ko‘p vaqt yo‘qotdi va baribir maqsadiga eta olmadi. Yaqinda Sulsher Sanchoning o‘rniga “Barselona”dagi Usmon Dembeleni  o‘ynatishga rozi bo‘lgan.

Garchi “Barselona” frantsiyalik futbolchini “Manchester Yunayted”ga transfer qilishga rozilik bergan bo‘lsa-da, Dembelening o‘zi Kataloniyani tark etishga rozi bo‘lmayapti. Jarohatlari tufayli o‘tgan mavsumda o‘zini ko‘rsata olmagan futbolchi yangi bosh murabbiy qo‘l ostida asosiy tarkibga qaytmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!