
“Manchester Yunayted” katta transfer taqdimotini o‘tkazadi
“Manchester Yunayted” tez orada “Barselona” yarim himoyachisi Frenki De Yong transferini yakunlaydi va 2-3 iyul kunlari futbolchining taqdimotini o‘tkazadi, deb xabar bermoqda Sky Sports nashri jurnalisti Florian Plettenberg.
Manchesterliklarning bosh murabbiyiga aylangan Erik ten Xag ilgari “Ayaks”da o‘z qo‘l ostida o‘ynagan Frenki de Yongni yangi tarkibning asosiy figurasiga aylantirmoqchi. Shu jihatdan bu transfer jamoa uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Klub qolgan transferlarni Frenki de Yong o‘yin uslubiga mos keladigan o‘yinchilar orasidan tanlaydiyu
Nderlandiyalik futbolchi o‘tgan mavsumd Ispaniya chempionatida 32 marta maydonga tushib, uchtadan gol va assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar