"Manchester Yunayted" PSJ himoyachisini nishonga oldi

  • 5 yanvar, 19:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi qishda PSJ himoyachisi Nunu Mendeshni sotib olish haqida o‘ylamoqda. 
 
Xabaringiz bor, "qizil iblislar" himoyachisi Lyuk Shou bir necha oydan buyon jarohatdaligi sabab, muhim uchrashuvlarda jamoaga yordam bera olmayapti. Shu kungacha Erik Ten Hag ham Ruben Amorim ham ushbu pozitsiya uchun Dalotdan foydalanishayotgan edi. Shu sababli, klub rahbarlari qishki transferlar oynasida yangi chap qanot himoyachisi sotib olishmoqchi. 
 
"Paper Round" nashrining xabariga ko‘ra, hozirda Manchester klubi uchun parijliklar himoyachisi Mendesh asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Manbaning yozishicha, portugaliyalik himoyachi Luis Enrike klubidagi o‘rnidan norozi. Shu bois, qishki transferlar oynasida jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 22 yoshli fulbek bu mavsum "Pari Sen-Jermen" tarkibida 16 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga ulgurdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 55 million evro deb baholanmoqda,

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!