"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi o‘ziga yangi klub topdi

  • 10.01.2022 16:22
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Yaponiya terma jamosi sobiq futbolchisi Sindzi Kagava foaliyatini PAOKdan so‘ng Belgiya chempionatida davom ettiradi. "Manchester Yunayted"ning sobiq  futbolchisi Belgiya pro ligasi ishtirokchisi "Sent-Tryuyden"ga erkin agent sifatida qo‘shildi. Bu haqda goal.com xabar berdi.

Kagava dekabr o‘rtalarida PAOKdan ketgandan so‘ng uning kelajagi so‘roq ostida turgandi. Futbolchi 11 oy oldin Ispaniyaning "Saragosa" klubidan Gretsiya Superligasi jamoasiga qo‘shilgandi. 

32 yoshli yarim himoyachi foaliyatining yaxshi davrlarini "Borussiya D" va "Manchester Yunayted"da o‘tkazgan. Ammo hozir unga "Sent-Tryuyden"da avvalgi karerasini takrorlash imkoniyati berildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!