
“Manchester Yunayted” superhujumchiga taklif yubordi
Ayni paytda “Leyptsig” sharafini himoya qilayotgan Timo Verner tez orada Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin.
Sky Sports nashrining yozishicha, “Manchester Yunayted” rahbariyati germaniyalik markaziy hujumchiga taklif yuborgan. Mankunianlar uni yanvar oyida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Timo Verner Bundesligada to‘purarlik mahoratini namoyish qilganidan keyin “Chelsi”ga transfer qilingan edi. Biroq 2020-2022 yillar davomida “aristokratlar” safida to‘p tepgan hujumchi Angliya futboliga moslasha olmay, yurtiga qaytib ketdi.
27 yoshli hujumchining bugungi transfer narxi 20 million evroni tashkil qilmoqda.
Fikrlar