"Manchester Yunayted" yangi mavsumda foydalanadigan safar libosini namoyish qildi (FOTO)
"Manchester Yunayted" klubi o‘zining rasmiy tvitterida yangi 2020/21 yilgi mavsumda safar uchrashuvlarida foydalanadigan libosi suratini namoyish qildi.
“Qizil iblislar”ning texnik hamkori hisoblangan Adidas kompaniyasi tomonidan tayyorlangan ushbu libos qora rangda bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, mankunianliklar o‘tgan mavsum Angliya premer-ligasida 3-o‘rinni egallashdi. Hozir esa Evropa ligasida kurashni davom ettirishmoqda.
Fikrlar