
“Manchester Yunayted” yangi yulduzni ko‘z-ko‘z qildi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Sulsher Evropa ligasining “Real Sosedad”ga qarshi o‘tkazilgan 1/16 yinal javob uchrashuvida maydonga bo‘lajak yulduzni tushirdi.
Manchesterdagi uchrashuvning 76-daqiqasida o‘yinga qo‘shilgan Shola Shortayr manchesterliklarning Evrokuboklarda o‘ynagan eng yosh futbolchisi sifatida tarixga kirdi. Shola Shortayr17 yoshu 23 kunligida Evropa Ligasidagi debyutini nishonladi.
Ushbu bahsda hisob ochilmadi. Biroq, “Manchester Yunayted” birinchi uchrashuvda raqib maydonida 4:0 hisobida g‘alaba qozongani bois, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.
Fikrlar