“Manchester Yunayted” yoqmadi, yozda kelgan mashhur hujumchi tezroq ketmoqchi!

  • 24 oktabr, 2024, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” yozgi transferlar vaqtida hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun katta qiyinchiliklar evaziga niderlandiyalik Joshua Zirkzeeni olib kelgan edi.

“Bolonya”da o‘z mahoratini namoyish qilgan 23 yoshli Zirkzee manchesterliklarning eng zo‘r to‘purariga aylanishi kutilgandi.

Amalda esa, hujumchi Angliya futboliga moslasha olmadi. Zirkzee barcha turnirlarda 11 marotaba ko‘rinish berdi va atigi bitta gol ura oldi xolos.

Calciomercato nashrining ma’lum qilishicha, bir necha oy avval 42,5 million evroga transfer qilingan bu futbolchi tezroq Italiya chempionatiga qaytib ketmoqchi. U klub xo‘jayinlaridan o‘zini ijaraga jo‘natishni so‘ragan.

Zirkzee “Yuventus”ga o‘tishni maqsad qilgan. Chunki ayni paytda turinliklarni “Bolonya”da o‘ziga ustozlik qilgan Tyago Motto boshqaryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!