
“Manchester Yunayted” yulduzini ijaraga jo‘natadigan bo‘ldi
Ule-Gunnar Sulsher bir necha yil jamoa darvozasini ishonch bilan qo‘riqlagan ispaniyalik posbon David de Xeyani yozda boshqa klubga ijaraga berib yuboradigan bo‘ldi.
Ma’lumki, iste’dodli yosh darvozabon Din Xenderson ijaradan qaytganidan keyin jamoada raqobat tufayli ichki muhit buzilgan edi.
Aslida “Manchester Yunayted” keyingi paytda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yayotgan David de Xeani sotib yuborishni rejalashtirgan edi. Biroq, qimmatbaho futbolchiga xaridor chiqmayapti. Shu bois, klub ispaniyalikni ijaraga bermoqchi.
De Xea 2023 yilning yozigacha amal qiladigan shartnomaga ko‘ra, haftasiga 275 ming funt miqdorida maosh olmoqda.
Fikrlar