"Manchester Yunayted" "Yuventus" tekinga qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan futbolchiga shartnoma taklif qildi
"Manchester Yunayted" akademiyasi vakili Taxit Chongning klub bilan shartnomasi mavsum so‘nggida yakuniga etadi. Bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsher esa ushbu masala borasida vaziyatga oydinlik kiritdi.
"Bir qancha futbolchilar bilan kelishuvni davom ettirish istagidamiz. Taxit ham bu ro‘yhatda bor, chunki biz u bilan ishlash niyatidamiz.
Unga juda yaxshi shartnoma yubordik, shunday ekan endi to‘p uning tomonida", - deya aytib o‘tdi Ule-Gunnar Sulsher.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq yosh futbolchi uchun "Yuventus" qiziqish bildirayotgan haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar