"Manchester Yunayted"dan ham koronavirus chiqdi
"Manchester Yunayted" matbuot xizmati jamoada koronavirus infektsiyasi bilan bog‘liq holat aniqlanganini e’lon qildi. COVID-19 jamoaning 19 yoshli urugvaylik vingeri Fakundo Pellistrida aniqlandi. Hozirda ushbu futbolchi karantinga olingan.
Eslatib o‘tamiz, "qizil iblislar" Pellistrini “Penyarol” klubidan o‘tgan yilning oktyabr oyida sotib olishgan edi. Hujumkor yarim himoyachining transferi uchun mankunianliklar o‘n million evroga yaqin pul to‘lagan. Facundo bilan shartnoma 2025 yilgacha imzolangan.
Angliya premer-ligasining 16-turidan so‘ng "Manchester Yunayted" 33 ochko to‘plab, turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar