“Manchester Yunayted”ni boshqa mutaxassis boshqaradi
Ayni paytda “Ayaks” bosh direktori lavozimida ishlayotgan Edvin van der Sar o‘zi darvozabon sifatida o‘ynagan “Manchester Yunayted”da klub boshqaruv kengashi raisi Ed Vudvordning o‘rnini egallashi kutilmoqda.
49 yoshli Ed Vudvord joriy yil oxirigacha vazifasini bajaradi va klubdan ketadi. Bu mutaxassisning ketishiga uning Evropa Superligasini tashkil etishga bosh qo‘shgani, “Manchester Yunayted” loyihaga kiritilgan 12 ta jamoadan biri bo‘lgani va bu jamoatchilikda salbiy pozitsiya shakllantirgani ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.
Ed Vudvord “Manchester Yunayted” boshqaruv kengashiga 2013 yildan beri rahbarlik qilmoqda.
Edvin van der Sar 2005-2011 yillar davomida “Manchester Yunayted” darvozasini qo‘riqlagan va 186 ta uchrashuvda qatnashib, 144 ta gol o‘tkazgan.

Fikrlar