"Manchester Yunayted"ning transfer rejasi barbod bo‘ldi
"Manchester Yunayted" himoyachisi Fil Jons mavsum oxirigacha ijara asosida "Bordo"ga o‘tish haqidagi fikrini o‘zgartirdi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq klublar kelishuvga erishgan, biroq 29 yoshli angliyalik futbolchi yakunda frantsuz klubida faoliyatini davom ettirishdan bosh tortgan.
Jonsning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar tuzilgan. U joriy mavsum premer-ligada bor yo‘g‘i 1 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar