Manchesterliklar 2027 yilda olinadigan futbolchi topib qo‘ydi
«Manchester Yunayted» 21 yoshli «Nyukasl» himoyachisi Lyuis Xollni o‘z ro‘yxatidan chiqarilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqida TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, «qizil iblislar» angliyalik futbolchini 2027 yilda o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Klub o‘tgan yozda uni transfer qilishga urinib ko‘rgan, ammo bu harakat muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi.
Shu bilan birga, xabarda qayd etilishicha, «Nyukasl» Lyuis Xollni qo‘yib yuborish niyatida emas. Aksincha, klub unga yaxshiroq moliyaviy shartlar taklif etilgan yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Hozirgi paytda Lyuis Xollning «Nyukasl» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt internet-portali ma’lumotlariga ko‘ra, yosh himoyachining bozor qiymati 40 million yevro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar