
Manchesterliklar beshta hujumchini nishonga oldi
Angliya Premer-ligasidagi mavqeini tiklashga urinayotgan “Manchester Yunayted” tarkibda jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l urmoqda. Bosh murabbiy Ruben Amorim uchun oldingi chiziqni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etdi.
Ayni paytda manchesterliklarga ko‘p gol ura oladigan hujumchi kerak. Chunki Premer-ligadagi asosiy raqobatchilardan bu tipdagi to‘purarlar bor.
Xususan, “Manchester Siti”da Erling Xoland tinimsiz gol uryapti, “Arsenal” shvetsiyalik Viktor Dyokereshni oldi, Ugo Ekitikeni qo‘lga kiritgan “Liverpul” endi Aleksander Isaakni olishga harakat qilyapti.
“Manchester Yunayted” mutasaddilari beshta to‘purarni nishonga olgan. Ruben Amorim ulardan birini tezroq jamoada ko‘rishni istayapti.
Angliya matbuotining yozishicha, manchesterliklar Benjamin Sheshko, Dushan Vlaxovich, Olli Uotkins, Jan-Filipp Mateta va Nikolas Jeksonga og‘iz solyapti. Ular bu o‘yinchilardan birini yangi chempionat boshlangunga qadar o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Fikrlar