Manchesterliklar Germaniyadan yaxshi himoyachi topdi
“Manchester Yunayted” kelasi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirish, xususan himoya chizigʻini mustahkamlash uchun “Borussiya Dortmund” himoyachisi Yulian Riersoн variantini oʻrganib chiqmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, “Manchester Yunayted” bu himoyachini yozgi transfer oynasi uchun asosiy nishonlardan biri sifatida kuzatmoqda.
“Borussiya Dortmund” safida Riersoн ishonchli va universal himoyachi sifatida oʻzini koʻrsatishga muvaffaq boʻldi. Uning bir nechta pozitsiyada harakat qila olishi ingliz klubi eʼtiborini tortgan.
Hozircha klublar oʻrtasida rasmiy kelishuv mavjud emas, ammo transfer boʻyicha muzokaralar yaqin vaqtda boshlanishi mumkin.

Fikrlar