Manchesterliklar hech kim tanimaydigan hujumchi olib keladi

  • 04.08.2026 12:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Sirius» klubi tarkibida to‘p surib kelayotgan shotlandiyalik hujumchi Robbi Yur yaqin vaqt ichida jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqida jurnalist Mark Brus xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchiga ikki yirik klub da’vo qilmoqda. Robbi Yur xizmatlariga «Manchester Yunayted» va «Chelsi» jamoalari jiddiy qiziqish bildirgan. Angliya grandlari hujumchini transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.

Robbi Yurning amaldagi shartnomasi «Sirius» bilan 2029 yil dekabrigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati 5 million yevro atrofida baholanmoqda.

Yur hozirgacha «Sirius» safida jami 49 o‘yin o‘tkazgan. U shu vaqt mobaynida 31 ta gol urgan va 7 ta golli pas muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!