Manchesterliklar katta ishga qo‘l urmoqda

  • 06.02.2026 06:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasida mavqeini tiklashga harakat qilayotgan “Manchester Yunayted” klubi yaqinda yakunlangan qishki transferlar oynasi davrida jamoa tarkibini kuchaytirmadi.

Biroq klub rahbariyati muhim transferlarni yozda amalga oshirishni rejalashtirib qo‘ygan. Ana shu maqsadda mutasaddilar yangi ijrochilarni olib kelish uchun yozda 200 million funt sterling ajratadigan bo‘ldi.

Bu haqida TEAMtalk xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, yozgi transferlar uchun mablag‘ ajratilishidagi muhim omillardan biri jamoaning Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish hisoblanadi.

Agar “Manchester Yunayted” maqsadiga yetishib, qit’aning eng nufuzli turnirida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lsa, bu holat klubning transfer siyosatiga jiddiy ta’sir o‘tkazadi.

Murabbiylar shtabi va sport bo‘limi vakillari birinchi navbatda yarim himoya chizig‘i islohotga muhtoj, deb hisoblamoqda va ajratilgan summaning katta qismi maydon markazidagi pozitsiyalarni kuchaytirishga yo‘naltiriladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!