Manchesterliklar ketmoqchi bo‘lgan yulduzni “aldab-suldab” olib qolmoqchi

  • 27.12.2025 09:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted”ning Angliya Premier-ligasidagi mavqeini tiklashga urinayotgan bosh murabbiyi Ruben Amorim klub yarim himoyachisi Kobbi Maynu haqida fikr bildirdi.

- Kobbi Maynu “Manchester Yunayted”ning kelajagiga aylanadi. U faqat o‘z imkoniyatini kutishi kerak, futbolda hamma narsa bor-yo‘g‘i ikki kunda o‘zgarib ketishi mumkin.

Agar biz uning o‘rniga boshqa futbolchi olib kelolmasak, uni qo‘yib yuborishimiz juda qiyin bo‘ladi. Bizda baribir yetishmovchiliklar bor va oldinda har narsa bo‘lishi mumkin, - dedi Ruben Amorim.

Jurnalist Fabrizio Romanoning ta’kidlashicha, Kobbi Maynu qishki transfer oynasida klubdan uni ijaraga qo‘yib yuborishni so‘ragan. Chunki iqtidorli o‘yinchi Ruben Amorim davrida yetarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti va bundan keskin norozi ekanini yashirmayapti.

Kobbi Maynu joriy mavsumda manchesterliklar safida 12 ta o‘yinda ishtirok etdi. Uning transfer qiymati  40 million yevroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!