Manchesterliklar “Real” tarbiyalagan futbolchini ortga qaytarib yubordi

  • 3 yanvar, 2024, 18:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” tarbiyalanuvchisi Serxio Regilonning hech ishi yurishmayapti. Chap qanot himoyachisi 2013 yildan 2020 yilgacha madridliklar asosiy jamoasiga kirishni uddalay olmadi.

Bir necha jamoalarda ijarada o‘ynab kelgan himoyachini madridliklar uch yarim yil oldin “Tottenxem”ga 30 million evroga sotib yuborgandi.  

Regilon londonliklarning ham ishonchini oqlay olmadi. Klub uni mavsum boshida “Manchester Yunayted”ga ijaraga berdi. Biroq yarim mavsum davomida manchesterliklarga ham hech qanday foyda keltirmagan o‘yinchining ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor qilindi.

Regilon manchesterliklar safida uchta musobaqada jami to‘qqizta o‘yin o‘tkazib, o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q.

27 yoshli ispan futbolchisi “Tottenxem” ixtiyoriga qaytib keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!