Manchesterliklar top-ligadan zo‘r futbolchi olib keladi
Angliya Premier-ligasidagi mavqeini tiklab borayotgan “Manchester Yunayted” rahbariyati tarkibni kuchaytirish maqsadida “Yuventus” yarim himoyachisi va jamoa sardori Manuel Lokatelliga qiziqish bildirmoqda.
Bu haqida Calciomercato nashri yozdi.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, Turin klubi 28 yoshli futbolchini asosiy o‘yinchilardan biri, deb hisoblaydi va qo‘yib yuborish niyati yo‘q.
Biroq manchesterliklar tomonidan taklif etilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy shartlar italyalik futbolchining Angliyaga o‘tishida hal qiluvchi omilga aylanishi mumkin.
Joriy mavsumda Lokatelli barcha musobaqalarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Uning “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 million yevroga baholanmoqda.
Fikrlar