
Manchesterning ikki klubi bir yulduzni talashmoqda
Yozgi transferlarga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” kelasi mavsum oldidan tajribali markaziy himoyachi sotib olmoqchi.
Ikki klubning nishoni “Napoli”ning asosiy himoyachisi Kalidu Kulibaliga qaratilgan. “Shaharliklar” bir yil oldin ham senegallik futbolchiga xaridor bo‘lgandi. Biroq, neapolliklar uni 100 million atrofida baholagani transferga to‘sqinlik qilgan.
Endi italiyaliklar 29 yoshli futbolchining narxini pasaytirdi. Yozda 50 million evro to‘lagan klub uni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
Joriy mavsumda A Seriyada 26 ta uchrashuvda qatnashgan Kulibaliga “Barselona” ham xaridor bo‘lmoqda.
Fikrlar