
Manchesterning ikki klubi mashhur hujumchini talashyapti
Manchester shahri sharafini himoya qilib kelayotgan “Yunayted” va “Siti” o‘z tarkibiga mashhur hujumchilardan Gonsalu Ramushni qo‘shib olmoqchi.
Transfer huquqi “Benfika”ga tegishli bo‘lgn 22 yoshli forvard ayni paytda ijara asosida PSJda o‘ynayapti.
Manchester grandlari kelasi yozda bu o‘yinchini to‘liq transfer qilishni rejalashtiryapti. Lissabonliklar Evropaning grand klublariga iste’dodli futbolchilarini sotib yuborishi odatiy holga aylangan.
Gonsalu Ramush 50 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, iste’dodli futbolchi 2022 yili Qatar mezbonlik qilgan jahon chempionatida Portugaliya terma jamoasida Krishtianu Ronalduni zaxiraga “mixlab” qo‘ygani ancha shov-shuv bo‘lgan edi.
Fikrlar