
Manchini: "Italiya 2026 yilda jahon chempionatida g‘olib bo‘ladi"
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini 6 yanvar kuni vafot etgan Janluka Viallining so‘zlarini esladi.
"Jianluka menga Italiya 2026 yilda jahon chempionatida g‘alaba qozonishi kerakligini aytdi, shu paytgacha u biz bilan birga edi. U barchamizga juda yaqin inson bo‘lib qoladi, tez orada unga ajoyib g‘alabani bag‘ishlaymiz degan umiddamiz.
Vialli jamoa uchun muhim edi, u o‘yinchilarni tayyorlashni bilardi", - deya "skuadrv adzurra" boshqaruvchisining so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Alfredo Pedulla.
Janluka Vialli 2019 yildan beri Italiya terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlab kelardi.
Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi jahon chempionatiga chiqa olmadi.
Fikrlar