Manchinini kimlar uyultirib qo‘ydi? Ular orasida o‘g‘li ham bor...
Italiya terma jamoasini boshqarishga Roberto Manchini yana qaytdi. U avval ham «skuadra adzurra»ni boshqargan, hatto jamoani Evro-2020 chempioniga aylantirgan edi. Ammo bugungi kunda «ko‘k eskadra» muxlislari yangi sovrinlar haqida o‘ylashga ham qo‘rqayapti.
Uchinchi marta ketma-ket jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy bergan Italiya Liga millatlarning beshinchi mavsumini ham omad siz boshladi. Rimdagi ilk o‘yin Belgiya qarshi bo‘lib, mezbonlar mag‘lubiyatga uchradi. Ushbu natijaga qaysi futbolchilar ko‘proq «hissa qo‘shgani» haqida «Evro-Futbol» nashri o‘z bahosini berdi.
Eng yuqori baho – 10 ball (o‘yin boshidagi start bahosi – 6,0).
PIO ESPOZITO – 3,0. Ikkinchi taym boshida kamida ikki-uchta golli vaziyatni yo‘qotdi, ulardan biri hisobni tenglashtirish uchun juda qulay edi. Hujumchi nima qilishi kerak? To‘g‘ri – gol urishi kerak. Kambyagi chap qanotdan bir necha bor Espozito va Kinga aniq past uzatmalar berdi, ammo ikkala si ham bu imkoniyatlarni ishlata olmadi. Faqat Moyze Kin kurashda o‘zini ancha faol ko‘rsatdi, Pio esa yerdagi duel larda deyarli yo‘qolib qoldi: olti vaziyatdan beshtasida to‘pdan osonlikcha ajralib qoldi.
JANLUKA MANCHINI – 3,0. Italiyanning himoya chizig‘i juda ishonchsiz ko‘rindi. «Skuadra adzurra» orqa safida kelishmovchilik va passivlik hukm surdi. Birinchi gol oldidan Godts raqib jarima maydonida to‘pni nazoratdan chiqarib qo‘yganida, Manchini undan to‘pni olib qo‘yishi kerak edi, ammo u juda no‘xshash, deyarli kulgili ko‘rinadigan podkatga bordi. Ikkinchi taym boshida esa Janluka bosh bilan to‘pni de Bryoyniga tushirib berdi, u esa Belgiya ning ikkinchi golini urishi mumkin edi, faqat Donnarumma bu safar jamoasini qutqarib qoldi.
JOVANNI DI LORENZO – 3,0. Agar Manchini to‘rtta yakkakurashdan faqat bittasini yutgan bo‘lsa va o‘yinni sariq kartochka bilan yakunlagan bo‘lsa, di Lorenzo ogohlantirish olmadi, ammo yerdagi barcha beshta kurashda mag‘lub bo‘ldi, uch marta raqibga o‘zini osonlikcha aldashga yo‘l qo‘ydi. O‘yning ilk daqiqasidayoq Jovanni qanotda bosim ostida to‘pni yo‘qotdi va xatosini o‘zi tuzatishga majbur bo‘ldi. Keyingi epizodlarda ham manzara deyarli shu tarzda davom etdi, faqat har safar ham xatolarini tuzatishga ulgurmadi.
NIKOLO BARELLA – 3,0. Barellaning faolligi, kurashlardagi foydasi (to‘qqizta yakkakurashning uchdan ikki qismini yutdi) va hujumni o‘tkirlash tirishdagi ishtiroki (ikkita hal qiluvchi pas) uni oq lab qo‘ya olmadi. Chunki Belgiya urgan ikki gol ham, ma’lum ma’noda, Nikolo zimmasida qoldi. Birinchi gol oldidan Barella maydon markazida go‘yo hech narsa bo‘lmayotgandek vaziyatdan uzoqlashib qoldi, Romano unga noqulay qaytarma pas berganida, de Ketelare tezkorlik bilan to‘pni tortib oldi. Ikkinchi gol epizodi esa bevosita Barellaning aniq bo‘lmagan uzatmasidan boshlandi va mehmonlar uchun samarali hujumga aylandi.

Fikrlar