
Mane, Saloh, Marez... Kim eng yaxshi?
Afrika futbol Konfederatsiyasi Afrikaning 2019 yildagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzod bo‘lgan 10 ta futbolchi nomini e’lon qildi.
Ro‘yxatdan quyidagi futbolchilar joy olishdi: Andre Onana (Kamerun, "Ayaks"), Xakim Ziesh (Marokash, "Ayaks"), Ismael Bennaser (Aljir, "Milan"), Kalidu Kulibali (Senegal, "Napoli"), Muxammad Saloh (Egipet, "Liverpul"), Odion Igalo (Nigeriya, "Shanxay Shenxua"), Per-Emerik Obameyang (Gabon, "Arsenal"), Riyad Marez (Aljir, "Manchester Siti"), Sadio Mane (Senegal, "Liverpul"), Yusef Belaili (Aljir, "Al-Axli Jidda").
Eslatib o‘tamiz, sovrinning amaldagi sohibi Muhammad Saloh hisoblanadi. U ketma-ket 2 bor 2017 va 2018 yillari bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar