
Mane "Bavariya"ga maslahat berdi
Mane "Bavariya"ni Kanseluni sotib olishga undamoqda.
"Bavariya" hujumchisi Sadio Mane jamoasiga himoyachi Joau Kanselu haqida maslahat berdi. Xabaringiz bor, portugaliyalik himoyachi qishda "Manchester Siti"dan ijara asosida Myunxen klubiga ko‘chib o‘tgandi.
"Qanday futbolchi! Bugun "Augsburg"ga qarshi biz Joau dunyoning eng yaxshilaridan biri ekanligini yana bir bor ko‘rdik. U haqiqatan ham yaxshi futbolchi va u biz uchun o‘ynaganidan juda xursandmiz. Kelgusi mavsumda Kanselani biz bilan ko‘rishni istardim. Bizga bunday futbolchilar kerakligi aniq", - dedi sengallik hujumchi.
Eslatib o‘tamiz, "qizillar" "Augsburg"ni 5:3 mag‘lub etgan mazkur o‘yinda Joau gol va golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar