
Mane ishga kirishdi
"Bavariya" vingeri Sadio Mane Bundesliga yangi mavsumining birinchi turida (6:1) "Ayntraxt" darvozasiga urgan goli evaziga Myunxen klubi rekordini takrorladi.
“Opta” nashrining xabariga ko‘ra, Mane "nemis mashinasi"ning so‘nggi 10 yil ichida klub safidagi dastlabki ikki rasmiy o‘yinida gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, Sadio 30 iyul kuni Germaniya Superkubogi doirasidagi "Leyptsig"ga qarshi o‘yinda (5:3) ham gol urgan edi.
Manegacha Myunxen klubi safida dastlabki ikki o‘yinda gol urgan oxirgi futbolchi Mario Manjukich hisoblanadi. Xorvatiyalik futbolchi 2012 yilda "Bavariya" tarkibidagi dastlabki 4 o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar