Mane "Real"ga o‘tishi mumkin
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan yozgi transfer oynasi vaqtida Sadio Maneni sotib olishni istamoqda, deya xabar beradi France Football.
Xabarda aytilishicha, madridliklar Kievda o‘tgan EChL finalidan keyinoq shunday qarorga kelishgan, ammo yozda bu borada taklif bilan chiqmaslik borasida qaror qabul qilingan.
Zidan esa tahminiy bahosi 100 mln funtni tashkil etuvchi mazkur transferni rahbariyatdan so‘rab, amalga oshirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Mane so‘nggi 11 uchrashuvda 11 ta gol kiritishga erishdi.

Fikrlar