Mane: Saloh, Firmino va men turli millat vakillarimiz va turli tillarda gapiramiz

  • 16 noyabr, 2019, 19:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" futbolchisi Sadio Mane jamoadoshlari Roberto Firmino va Muhammad Saloh haqida gapirdi.

Tecno

"Doimo ular bilan birga ishlash oson ekanligini aytganman. Menga Saloh va Firmino kabi ajoyib futbolchilar bilan birga o‘ynash omadi kelgan.

Ular bilan o‘ynash barchaga yoqadi. Sababi ular ajoyib futbolchilar. Saloh va Firmino bilan barcha narsa osonlashadi. Shuning uchun, men birga o‘ynayotganimizdan zavqlanaman.

Biz, barchamiz turli millat vakillarimiz va turli tillarda gapiramiz, ammo futbol tili universaldur. Shuning uchun, barcha bir-birini tushuna oladi. Shu qatorda, Saloh ham, Firmino ham va men ham," - dedi Mane.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!