
Manjukich "erkakcha" ish qildi
"Milan" hujumchisi Mario Manjukich chiroyli ishga qo‘l urdi. Football Italia nashrining ma’lum qilishicha, ikki oydan buyon jarohati sabab maydonga tusha olmayotgan 34 yoshli futbolchi mart oyidagi maoshini olishni rad etgan.
Xorvatiyalik hujumchining qarori bilan tejalgan mablag‘ hayriya maqsadlariga yo‘naltiriladi.
Manjukich "Milan" safiga joriy yilning yanvar oyida erkin agent sifatila kelib qo‘shilgan va mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan edi. U o‘tgan vaqt ichida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Manjukich faoliyati davomida “Bavariya”, “Atletiko”, “Yuventus” kabi jamoalarda o‘ynagan. U “Milan”ga o‘tishdan oldin Qatarning “Al-Duxayl” klubi sharafini himoya qilib kelayotgan edi.
Fikrlar