Manjukich Qatar chempionatiga o‘tishi mumkin

  • 16 sentabr, 2019, 18:14
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Al-Garafa" klubi "Yuventus" forvardi Mario Manjukichga qiziqish bildirmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Qatar klubi 33 yoshli futbolchining agentlari bilan muzokaralar o‘tkazishgan. Agar kelishuv amalga oshsa, futbolchi jamoa bilan 3 yillik bitimga imzo chekishi mumkin va shartnomada keltirilgan shartga ko‘ra yiliga 7 mln evro maosh ishlab topishi mumkin bo‘ladi. Transfer yanvar oyida amalga oshishi kutilmoqda.

Avvalroq, "Yuve" sport direktori Fabio Pratichi Manjukich Qatar klubiga o‘tishga yaqinligini ta’kidlab o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Manjukich birorta uchrashuvda qatnashmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
16/09/2019 18:50
Йилига 7млён евро битта кулубда 1фидболчига шунча пул бизда термада куперди уч йиллик ойлиги екан қойиил