Maradonadan qancha meros qoldi?
Argentinaning nufuzli Clarin nashri afsonaviy hujumchi Diego Maradona qoldirgan merosining taxminiy miqdorini hisoblab chiqdi.
Manbaga ko‘ra, Maradona Buenos-Ayres va uning atrofida bir necha uy va xonadonlarga egalik qilgan. Shuningdek, sobiq futbolchi Kubada bir qancha mehmonxona, Italiya va Venesuelada katta bizneslarga investitsiya kiritgan. Qo‘shimchasiga uning hisobida Rolls Royce Ghost, BMW i8 va bir qancha qimmat avtoulovlar bo‘lgan.
Umumiy merosning aniq miqdori ma’lum emas, ammo nashr umumiy boyliklar 500 million dollar atrofida bo‘lishini taxmin qilmoqda.
Fikrlar