Mareska: «Klub sizni eslatishni so'radi, biz futbolchilarni katta pulga sotganmiz»
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska jamoa yarim himoyachilari qimmati haqida jurnalist tomonidan berilgan savolga munosabat bildirdi.
Maydonda bir vaqtning o‘zida qiymati 100 million funtdan qimmat bo‘lgan uch nafar yarim himoyachingiz bor edi.
"Ha, lekin bunday holat faqat bizdagina emas. Klub mendan shuni eslatishimni so‘radiki, bu yozda biz ham bir qator futbolchilarni katta miqdordagi mablag‘ evaziga sotdik", — dedi Mareska «Portu»ga qarshi o‘yindan so‘ng.
Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichi birinchi turida «Manchester Siti» safarda «Portu» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Keyingi turda «shaharliklar» Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 14 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar