
Margarita Gasparyan "Tashkent Open"ni g‘alaba bilan boshladi
Toshkent shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirda rossiyalik tennischi Margarita Gasparyan birinchi davrada shveytsariyalik Shtefani Fogelega qarshi kortga chiqdi.
Musobaqaning amaldagi chempioni Margarita mazkur uchrashuvda raqibini 6:4, 4:6, 6:4 hisobida taslim qilib, ikkinchi davraga yo‘l oldi.
Shu tariqa "Tashkent Open"ning ikkinchi davrasiga yo‘l olgan Gasparyan, endi chernogoriyalik Danka Kovinichni sinovdan o‘tkazadi.
Fikrlar