
Mariya Lasitskene hamda Danil Lisenko balandlikka sakrash bo‘yicha jahon chempioni
Kecha Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida engil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi jahon chempionati start oldi. Reglamentga ko‘ra, burinchi kun bellashuvlarida erkaklar va ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash, hamda ayollar o‘rtasida 3 000 metrga yugurish bo‘yicha bellashuvlar o‘tdi.
Balandlikka sakrash sektorida kutilganidek, neytral bayroq ostida musobaqalarda ishtirok etayotgan rossiyalik sportchilar Mariya Lasitskene hamda Danil Lisenko g‘alaba qozonishdi. Uzoq musobaqaga yugurishda esa efiopiyalik Genzebe Dibabaga teng keladigani topilmadi. Batafsil:
Yopiq inshootlardagi JCh. Birmingem, Buyuk Britaniya
Balandlikka sakrash. Erkaklar
1. Danil Lisenko (Rossiya) – 2,36
2. Mutaz Barshim (Katar) – 2,33
3. Mateush Pshibylko (Germaniya) – 2,29
Ayollar
1. Mariya Lasitskene (Rossiya) – 2,01
2. Vashti Kanningem (AQSh) – 1,93
3. Alessia Trost (Italiya) – 1,93
3000 m. yugurish
Ayollar
1. Genzebe Dibaba (Efiopiya) – 8.45,05
2. Sifan Xassan (Gollandiya) – 8.45,68
3. Lora Myur (Buyuk Britaniya) – 8.45,78
Fikrlar