Mark Gexi "Manchester Siti"ga o'tishi yaqin — transfer tafsilotlari ochiqlandi

  • 16.01.2026 23:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Jurnalist Florian Plettenberg "Kristal Pэlas" himoyachisi Mark Gexining "Manchester Siti"ga o‘tishi bo‘yicha o‘z ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uning xabariga ko‘ra, "Siti" futbolchi uchun 26 million funt miqdorida kafolatlangan to‘lov amalga oshiradi, shuningdek, yana 3 million funt bonuslar ko‘rinishida to‘lanadi. 25 yoshli himoyachining yillik maoshi bonuslarni hisobga olgan holda soliqlardan oldin taxminan 15,6 million funtni tashkil etadi.

Tibbiy ko‘rik va shartnoma imzolash ishlari yaqin ikki-to‘rt kun ichida yakunlanishi kutilmoqda.

Gexi 2021/2022 yildgi mavsumdan beri "Kristal Pэlas" sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Joriy mavsumda u Angliya Premier ligasida 20 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!