Markizioning uyiga qurollangan jinoyatchilar hujum qilishdi
“Yuventus” klubi va Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Klaudio Markizio qurolli talonchilikka duch keldi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra kecha mahalliy vaqt bilan soat 19:30 lar atrofida 4 nafar qurollangan shaxs futbolchining uyiga hujum qilgan. Talonchilar Markizio va uning rafiqasi Robertega to‘pponcha bilan tahdid qilishgan. Natijada futbolchi o‘g‘rilarga pul va qimmatbaho taqinchoqlarni berishga majbur bo‘lgan.
Keyinchalik Markizio politsiyaga xabar bergan. Ular ayni damda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borishmoqda.

Fikrlar