
"Marokash ertagi" qahramonlaridan biri "Liverpul" nishonida
"Liverpul" o‘z tarkibini saviyali yarim himoyachilar bilan to‘ldirmoqchi.
Mersisaydliklar nishoni Marokash milliy terma jamoasi a’zosi Sofyan Amrabatga qaratilgan. Yurgen Klopp uni jamoasi uchun kerakli futbolchi deb hisoblamoqda.
Sofyanga Evropaning boshqa top-klublari ham qiziqish bildiryapti. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining o‘zi "qizillar" safiga o‘tishni maqsad qilgan. 26 yoshli xavbek Marokash etakchilaridan biri sifatida Jahon chempionati yarim finaliga qadar etib keldi.
Futbolchi 2020 yildan beri "Fiorentina" sharafini himoya qilib keladi. "Transfermarkt" portali uni 10 million evroga baholamoqda.
Fikrlar