"Marsel" Milik masalasida "Napoli" bilan til topisha oldi

  • 18.01.2021 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Marsel” polshalik hujumchi Arkadiush Milikning transferi borasida “Napoli” bilan muzokaralarning yakuniy bosqichiga chiqdi.

Unga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi frantsuz klubiga 11,5 mln evro evaziga 1,5 yilga ijaraga o‘tadi. Aytish kerakki, ushbu mablag‘ning 3,5 millioni bonus hisobida beriladi. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.

Bundan avvalroq, “Napoli” Milik uchun 15 mln evro talab qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Arkadiush Milik joriy mavsum “Napoli” safida birorta ham o‘yinda maydonga tushgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!