Marselo: "Mourino o‘yin uslubimni o‘zgartirdi va mening fikrlashimni kuchaytirdi"
"Real"ning sobiq himoyachisi Marselo Joze Mourino bilan ishlagan davri haqida xotiralarini bayon qildi.
"Esimda, "Rekreativo"ga qarshi o‘yin bor edi. Men juda yaxshi o‘ynadim va u meni shunday maqtadi: "Marselo, sen eng yaxshisisan, ajoyibsan, top". O‘yindan so‘ng uyga juda xursand bo‘lib qaytdim. Keyingi o‘yin esa yomon bo‘ldi va u menga shunday dedi: "Sen yomonsan, bugun nima qilding?”
Meni shunday rag‘batlantirishi yoqardi, ko‘p narsa o‘rgandim. U mening fikrlashimni o‘zgartirdi va mening o‘yin uslubimni ko‘proq agressiv qildi.
U menga shunday dedi: "Sen nega 2010 yilgi jahon chempionatiga bormading, bilasanmi?" Men javob berdim: "Chunki murabbiy xohlamagan". U esa shunday dedi: "Yo‘q, sen yaxshi himoyalana olmaysan, eng yomonlaridan birisan", — dedi braziliyalik futbolchi Iker Kasilyas bilan podkastda.
Fikrlar