Marselo "Yuventus" bilan kelishuvga erishdi
“Real” Madrid klubi himoyachisi Marselo mavsum yakunlangach “Yuventus”ga o‘tishi mumkin.
La Stampa nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli braziliyalik futbolchi turinliklar bilan 4 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Agar u A Seriya grandi safiga o‘tadigan bo‘lsa, yiliga 12 mln evro maosh olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Marselo “Real” rahbariyatiga jamoadan ketish niyati borligini ma’lum qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda “qirollik klubi” Marselo o‘rniga jamoaga “Ayaks”ning argentinalik himoyachisi Nikolas Talyafikoni olib kelmoqchi.

Fikrlar