"Mash’al" bugun 1111-o‘yinini o‘tkazadi

  • 17 oktabr, 11:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Muborakning "Mash’al" jamoasi bugun, 17 oktyabr kuni “Xorazm”ga qarshi bahsda o‘zining 1111-rasmiy uchrashuvini o‘tkazadi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

Tarixga nazar

“Mash’al”ning tarixiy sahifalari 1992 yilda ochilgan.
O‘sha yili jamoa ilk bor mamlakatning ikkinchi ligasida ishtirok etgan.
•  1993 yili “Mash’al”  Birinchi liga (hozirgi Pro liga) ga qadam qo‘ydi 
•  1995 yil esa klub tarixida yangi bosqich bo‘ldi — ilk bor Oliy liga (Super liga)da ishtirok etish sharafiga muyassar bo‘ldi.
• 2006 yilda “Mash’al” mamlakat futboli uchun katta voqeani amalga oshirdi — Osiyo chempionlar ligasida qatnashgan ilk viloyat jamoalaridan biriga aylandi.

1110 o‘yin — raqamlardagi tarix

Bugungi kunga qadar “Mash’al” quyidagi ko‘rsatkichlarga ega:

•  Ikkinchi ligada: 5 o‘yin
•  Birinchi ligada (Pro liga): 412 o‘yin
•  Oliy ligada (Super liga): 562 o‘yin
•  Osiyo chempionlar ligasida: 6 o‘yin
•  O‘zbekiston kubogi: 125 o‘yin
Jami — 1110 rasmiy uchrashuv.

Bu o‘yinlarda jamoa:
•  525 g‘alaba,
•  199 durang,
•  386 mag‘lubiyat qayd etgan.

Gollar statistikasi:
•  Urilgan gollar — 1753
•  O‘tkazilgan gollar — 1418
Jamg‘arilgan ochkolar (kubok bahslaridan tashqari): 1541 ochko

1111-uchrashuv: yangi sahifa ostonasida

Shu uchrashuvda bir nechta tarixiy voqealar qayd etilishi mumkin:
•  “Mash’al”ning 1754-golini kim uradi?
•  Oliy ligadagi 563-o‘yinda g‘alaba qayd etiladimi?
•  Klub oliy liga doirasidagi 221-g‘alabaga qozona oladimi?
•  Va “Mash’al”ning oliy liga doirasidagi 693-golini kim kiritadi?
Bu savollarga javobni stadionga tashrif buyuruvchi muxlislar bilan birgalikda kuzatamiz.

Qisqacha statistika
Jami o‘yinlar  1110
G‘alabalar  525
Duranglar  199
Mag‘lubiyatlar  386
Urilgan gollar  1753
O‘tkazilgan gollar  1418
Jamg‘arilgan ochko  1541

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!