"Mash’al" "Paxtakor" ustidan so‘nggi g‘alabasini 2017 yilda qayd etgan
Xabaringiz bor, bugun Superliganing 7-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Kamoliddin Tojiev boshchiligidagi jamoa o‘z maydonida "Mash’al"ni qabul qiladi.
Muborakliklar "sherlar"ni so‘nggi marta 2017 yil 31 mart kuni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishga erishgan. Undan keyin bo‘lib o‘tgan 8 ta bahsning barchasida yengilmoqda.
2017 yildan avvalgi g‘alabasi esa 2011 yilga to‘g‘ri keladi. O‘sha bahsda jamoa 1:0 hisobida zafar quchgan.
Ma’lumot o‘rnida, bugungi bellashuv soat 19:00’da "Paxtakor" stadionida start oladi. Ushbu uchrashuvdan avval mezbonlar turnir jadvalida 15 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Mash’al" esa hali ochko to‘play olmadi, shu bois klub so‘nggi o‘rinni egalab turibdi.
Fikrlar