"Mash’al" yangi mavsumga tayyorgarlikni qachondan boshlashi ma’lum
Yakunlangan mavsum Superligada debyut qilib, yakunda 10-o‘rinni egallagan “Mash’al” ayni paytda qisqa muddatli ta’tilga chiqqan.
Endi ispaniyalik mutaxassis Serxio Marinangeli boshchilik qiladigan “Mash’al” 9 yanvarda o‘z qarorgohida yig‘iladi va yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Ushbu yig‘in doirasida “Mash’al” akademiyasi tarbiyalanuvchilari, mahalliy futbolchilar va bir qator legionerlar ko‘rikdan o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar