
"Mash’al"ning ikki nafar etakchisi "Turon"ga qo‘shildi
“Turon” klubi tarkibini kuchaytirishda davom etyapti. Sports.uz ma’lumotiga qaraganda, jamoaga kecha ikki nafar o‘yinchi qo‘shildi. Bular “Mash’al” klubining etakchilari – yarim himoyachi Sardor Abduraimov bilan hujumchi Xumoyun Murtazoev.
Ushbu futbolchilarning “Mash’al” bilan amalda shartnomalari bor. Ammo Muborak klubi bu o‘yinchilarini “Turon”ga transfer qilmoqchi. Agar tomonlar moliyaviy masalalarni kelisha olsa, Abduraimov bilan Murtazoev ikkinchi davrani “Turon” safida o‘tkazishadi.
Ma’lumot uchun, Abduraimov “Mash’al” tarkibida 9 ta o‘yinda 1 ta gol urgan bo‘lsa, Murtazoev 10 ta uchrashuvda 2 ta gol muallifiga aylandi.
Darvoqe, bugun “Turon” jamoasi Toshkentda “Navbahor”ga qarshi nazorat bahsini o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Fikrlar