"Mash’al"ning qishki yig‘ini yakunlandi
Muborakning “Mash’al” klubi o‘zing qishki yig‘inini yakunladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
"Gazchilar" qishki yig‘inning birinchi qismini Muborakda, ikkinchisini Toshkentda o‘tkazishdi. Muborakda bo‘lib o‘tgan birinchi yig‘in 5 yanvardan 10 fevralgacha davom etdi. Yig‘in davomida jamoaga bir qator yangi futbolchilar jalb etildi va ularni sinab ko‘rish maqsadida 5ta nazorat uchrashuvlari o‘tkazildi.
Nazorat uchrashuvlari:
1. “Sho‘rtan” – “Mash’al” 2-2.
2. “G‘ijduvon” – “Mash’al” 2-2.
3. “Buxoro” – " Mash’al " 2-3.
4. “Mash’al” – “Sho‘rtan” 2-2.
5. “Qizilqum” – “Mash’al” 1-0.
Jamoaning Toshkentdagi yig‘ini 5 fevraldan 23 fevralgacha davom etdi. Yig‘in davomida bir qator nazorat uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Nazorat uchrashuvlari:
1. “Qo‘qon-1912” – “Mash’al” 2-3.
2. “Xorazm” – “Mash’al” 1-0.
3. “Mash’al” – “Yassi-Sayram” (Qozog‘iston) 1-1.
4. “Zomin” – “Mash’al” 0-1.
5. “Lokomotiv” – “Mash’al” 2-1.
Eslatib o‘tamiz, “Mash’al” Pro-liganing 1-turida “Buxoro” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv 6 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar