"Mash’al"ning Toshkentdagi yig‘ini yakunlandi. Natijalar qanday?

  • 28 iyul, 2022, 10:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dilyaver Vaniev boshchiligidagi Muborakning “Mash’al”  jamoasi Toshkentdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari yakunlab ikki kunlik ta’tilga chiqdi.

Tecno

“Gazchi”lar Toshkentdagi yig‘in davomida 4 ta nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Birinchi nazorat uchrashuvida Superliga vakili “AGMK” jamoasiga qarshi maydonga tushib  2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi nazorat uchrashuvi esa “Surxon” jamosiga qarshi o‘tdi. Uchrashuvda Superliga vakilirining qo‘li baland keldi - 2:1. Uchinchi nazorat o‘yinida yana bir Superliga vakili “Lokomotiv” jamoasiga 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. To‘rtinchi nazorat uchrashuvida pro liga vakili “Yangier” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 

Shu tariqa, Dilyaver Vaniev  boshchiligidagi “Mash’al”  jamoasi Toshkentdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari yakunlab kichik ta’tilga chiqdi, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!