
Masharipov "Al-Nassr" tarkibiga qachon borib qo‘shiladi?
Transfer huquqi Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" jamoasiga tegishli yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov yaqin kunlarda klub ixtiyoriga borib qo‘shiladi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Jaloliddin 4 iyul kuni Saudiyaga uchib boradi va jamoaning mavsumoldi yig‘inida ishtirok etadi. Hozircha, legionerimiz "Al-Nassr"da qoladimi yoki yo‘q, bu aniq emas.
Eslatib o‘tamiz, Masharipov o‘tgan mavsumni ijara asosida "Shabab Al-Ahli"da o‘tkazgandi. Yarim himoyachi dubayliklar safida 12 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan va 5 golga hammualliflik qilgan.
Fikrlar