Masharipovdan so‘ng "Istiqlol" Osiyo kubogi to‘purari bilan shartnoma imzolamoqchi

  • 4 fevral, 2024, 21:58
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Eronning "Istiqlol" klubi o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etadi. Yaqindagina Jaloliddin Masharipov transferini e’lon qilgan tehronliklarning keyingi maqsadi iroqlik hujumchi bilan shartnoma imzolashdir. 

Osiyo kubogidagi yurishini nimchorak finalda to‘xtatgan Iroq terma jamoasi hujumchisi Ayman Husayn "Istiqlol" bilan muzokaralar olib borayotgani haqida mish-mishlar tarqalmoqda. 

Husayn Qatarda bo‘lib o‘tayotgan turnirda 6 ta goli bilan to‘purar bo‘lib turibdi. U 4 ta o‘yinda maydonga tushib, har bir bahsda jamoalar darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga, Iordaniya bilan bo‘lib o‘tgan bahsda antiqahramonga ham aylanib qoldi. 

Iraq appeals 'unfair' loss to Jordan in 2023 Asian Cup

Hujumchi jamoasini oldinga olib chiqqanidan keyin golni shu tariqa nishonladi. Bu iordaniyaliklarning milliy taomi hisoblanadi va Alirizo Fig‘oni Aymanni ayab o‘tirgani yo‘q. Bir kishi kam bo‘lib qolgan Xesus Kasas shogirdlari 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, Osiyo kubogini tark etdi. 

Iraqi striker sent off for 'celebrating too much' goal against Jordan -  Dzair Sport

Eslatib o‘tamiz, "Istiqlol" Eron chempionatida 15-turdan keyin 32 ochko bilan birinchi o‘rinda turibdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ишбобоев жума
04/02/2024 23:09
Унг кулинг билан еганингда халол булар эди.